Garri Potter yoşligidagi uy birinçi marotaba taşriflar uçun oçiladi, deb xabar bermoqda The Independent naşri. Britaniyalik yozuvçi Joan Rouling tasvirlagan olamda bu uy Littl Uinging şahridagi köçalardan birida joylaşgan. Yoş sehrgar bu uyda Dursleylar oilasi bilan birga yaşagan. 

Endi maşhur uyda Warner Bros. Studio Tour London ekskursiyasi doirasida böliş mumkin. Uy sayyohlar uçun 27 maydan 6 iyungaça oçiq böladi. 

Warner Bros. kompaniyasida aytilişiça, bezakçi-rassomçilarga Dursleylar oilasi uçun eng xunuk mebel va pardalar topiş juda qiziq böldi.

Taşrif buyuruvçilar Dursleylar oilasi kostyumlarini körişlari va Garri Potter Xogvartsdagi sehrgarlik maktabiga taklif qilingan maktublar qanday kelganini bilişlari mumkin böladi. 

2016 yilda Potterning sarguzaştlari haqidagi ilk film – "Garri Potter va falsafa toşi"ning namoyişiga 15 yil töladi.