Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida ötayotgan boks böyiça jahon çempionatining final uçraşuvlari davom etmoqda.
Ma'lumki, vakillarimizdan tört boksçi finalga yöl olgan va ularning hammasi kubalik boksçilarga qarşi jang ötkazişmoqda.
69 kg. vazn toifasidagi boksçilar iştirokida bölib ötgan final jangida Şahram Ğiyosov ham kubalik Roniel Iglesias Gomesga qarşi ringga çiqdi va tezkor uslubi bilan qiynalmay ğalaba qozondi — 5:0! Barça hakamlar barça raundlarda Şahramga katta ustunlik bilan oçko berişdi: 30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:26!



Bungaça ötkazilgan finallarda Özbekiston vakillarining barçasi mağlub bölgan va kumuş medallar bilan kifoyalangandi.
Avvaliga 46–49 kg vazn toifasidagi boksçilar örtasida bölib ötgan jangda Hasanboy Dösmatov kubalik Joanis Argilagosga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
52 kg.gaça bölgan vazn toifasida esa eng tajribali boksçilarimizdan biri Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarşi ringga kötarilib, 0:5 hisobida yutqazdi.
64 kg.gaça vazn toifasida Iqboljon Xoldorov ham kubalik Andi Kruz Gomesga qarşi ringga çiqdi va hakamlar qöygan ballarga köra, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va terma jamoamiz hisobiga uçinçi kumuş medalni olib keldi.
Şu bilan boksçilarimiz uçun boks böyiça jahon çempionati nihoyalandi. Vakillarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritib, medallar soni va sifati böyiça tarixdagi eng yaxşi natijasini körsatişdi.







