Germaniyada ötkazilgan boks böyiça Jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etgan özbekistonlik sportçilar öyindan söng muxlis va yurtdoşlariga taşakkurnoma lavhasini yubordi.

Şahram Ğiyosov bu ğalabasini Özbekiston xalqiga, Prezidentiga va mamlakat Mustaqilligining 26 yilligiga bağişlagan. U qöllab-quvvatlab turgani uçun barça özbekistonliklarga minnatdorçilik bildirgan.

«Hammaga katta rahmat! Mana biz ustozlarimiz bilan çempion bölişga muvaffaq böldik», deb söz boşlagan ​jahon​ çempionatida oltin medalni qölga kiritgan Şahram Ğiyosov.

«Mana şu medal xalqimizga, Prezidentimizga mustaqilligimizning 26 yillik şodiyonasiga bağişlanadi. Bu yutuqqa bir özim erişmadim, bizning boş murabbiyimiz Marat Galiyeviç şu yerda, Rahmatjon aka, barça boksçilar birgamiz, hamma şu yerda», deya quvonç bilan taşakkurlarini bildirgan u.

69 kg. vazn toifasidagi boksçilar iştirokida bölib ötgan final jangida Şahram Ğiyosov ham kubalik Roniel Iglesias Gomesga qarşi ringga çiqdi va ğalaba qozondi.​

Özbekiston terma jamoasi bitta oltin, 3ta kumuş va 2ta bronza medalni qölga kiritib, medallar soni va sifati böyiça tarixdagi eng yaxşi natijasini körsatişdi.​

Jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etgan özbekistonlik boksçilar muxlis va yurtdoşlariga taşakkur​ini bildirdi.