Italiyaning Çernobbio şahrida ötkazilayotgan Ambrosetti Forumida iştirok etgan Saudiya Arabistoni şahzodasi Turki al-Faysal Bloomberğga intervyu berar ekan, körfaz davlatlari bilan munosabatlar özgarişi masalasiga töxtalib ötdi.
«Barçasi Qatar Oliy sudining vakolatida qolgan, ular harakat qilişi lozim», deydi amalda rasmiy lavozimni egallab turmaydigan, mamlakatning sobiq razvedka boşqarmasi boşliği.
Joriy yilning 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzişiga bir neçta vaj körsatilgandi. Ular qatorida qatarliklarning xalqaro terrorçilikni moliyalaştirib kelgani hamda Islom birodarlik taşkilotiga a'zo davlatlarning içki siyosatiga aralaşgani ham bor. 2013-2014 yillarda imzolangan şartnomalarga köra, Qatar diplomatik inqirozlarni bartaraf etişi va qardoş xalqlar bilan yaxşi qöşniçilik aloqasini örnatişi lozim edi.
Turki al-Faysal nutqi davomida köp yillardan beri sovuqlaşib borayotgan fors hukumati bilan vaziyatni oçiqlab olişimiz kerak, degan fikrni ilgari surdi.














