AIBA şafeligi ostida 1974 yilda Kuba poytaxti Havana şahrida ilk bor ötkazilgan jahon çempionati, avvaliga har tört yilda — yozgi olimpiada öyinlaridan keyingi ikkinçi yilda taşkillaştirilgan. AQŞning Reno şahrida 1986 yilda ötkazilgan jahon çempionatidan keyin uç yil ötib, 1989 yilda Moskvada taşkillaştirilgan va öşandan beri har toq yillarda ötkazib kelinmoqda.

Jahon çempionatlarida kubalik boksçilar azaldan yetakçilik qilib kelişini hammamiz bilamiz. Keyingi yillarda Özbekiston boksçilari ham jahon aro yetakçilar safida borayotgani kişini quvontirmasdan qolmaydi.
Jumladan Hamburgda ötayotgan jahon çempionatida biryöla tört boksçimiz final yöllanmasini qölga kiritişdi. Bunaqasi hali tarixda bölmagan. Agar törtala boksçimiz ham ğalaba qozonadigan bölsa, umumjamoa hisobida Özbekiston birinçi örinni qölga kiritişi aniq. Çunki barça boksçilarimizning raqiblari Kubadan, bu mamlakatdan jami 7 nafar boksçi finalga çiqişgan.
Mustaqillikka erişganimizdan söng vakillarimiz ilk bor 1993 yilda Finlyandiyaning Tampere şahrida bölib ötgan jahon çempionatidan öz iştiroklarini boşlaşgan. Özbekiston terma jamoasi a'zosi Hikmatulla Ahmedov 51 kg.gaça vaznda finalgaça yetib borib, kubalik Valdemar Fontga boy bergan. Umumjamoa hisobida Özbekiston 8-örinni egallagan.
1995 yili Berlin (Germaniya) da ötgan jahon çempionatida Özbekiston vakillari ikkita bronza medalni qölga kiritişgan: 67 kg.gaça vaznda Narimon Otayev, 75 kg.gaça vaznda Dilşodbek Yorbekov yurtimizga medal bilan qaytişgan. Umumjamoa hisobida Özbekiston 13-örinni egallagan.
1997 yili Budapeşt (Vengriya) da taşkillaştirilgan jahon çempionatida vakillarimiz birorta medalni qölga kirita olişmagan.
1999 yili AQŞning Hyuston şahrida bölib ötgan jahon çempionatida yurtimiz vakillari uçun eng sermahsuli bölib turibdi. 57 kg.gaça vazn toifasida Tölqinboy Turğunov finalda mezbon Rikardo Xuarezga imkoniyatni boy berib kumuş medal bilan taqdirlangan bölsa, 63,5 kg.gaça vazn toifasida Muhammadqodir Abdullayev fransiyalik Villi Bleyn, 75 kg.gaça bölgan Ötkirbek Haydarov ruminiyalik Adrian Diakonu ustidan ğalaba qozonib, oltin medallarga sazovor bölişgan. Umumjamoa hisobida Özbekiston 4-örindan joy olgan.
2001 yili Şimoliy Irlandiyaning Belfast şahrida bölib ötgan jahon çempionatida vakillarimiz bitta oltin, bitta kumuş va bitta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 3-örinni egallaşgan. Finalda 91 kg.dan ortiq vaznda Ruslan Çagayev ukrainalik Aleksey Masikin ustidan ğalaba qozongan bölsa, 75 kg.gaça vazn toifasida Ötkirbek Haydarov rossiyalik Andrey Gogloyevga imkoniyatni boy berib, kumuş medalga sazovor bölgan edi. 67 kg.gaça vazn toifasida Şerzod Husanov bronza medalini egallagan.
















