Germaniyaning Hamburg şahrida ötayotgan AIBA şafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta taşkillaştiriladigan boks böyiça jahon çempionatining final uçraşuvlari yakunlandi.
Barça vazn toifasida musobaqani boşlagan vakillarimiz orasidan tört boksçi finalgaça yetib borgan edi va ularning barçasi kubalik boksçilarga qarşi jang ötkazişdi.
Boksçilarimizdan Hasanboy Dösmatov (46–49 kg vaznda), Jasurbek Latipov (52 kg), Iqboljon Xoldorov (64 kg) finalda imokniyatni boy berib, kumuş medal olgan bölişsa, Şahram Ğiyosov (69 kg) kubalik Roniel Iglesias Gomes ustidan öta işonarli tarzda ğalaba qozonib, yurtimiz foydasiga oltin medal taqdim etdi.
Özbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 3ta kumuş va 2ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Kubadan söng 2-örinni egallaşdi. Kuba 5ta oltin 2ta kumuş medal yiğdi. 3-örinni 1ta oltin, 2ta kumuş va 3ta bronza olgan Qozoğiston terma jamoasi egalladi. Alohida qayd etiş lozimki, Ozarboyjon boksçilari 1oltin va 1bronza bilan törtinçi örindan joy olişdi.

Barça vazn toifasidagi ğoliblar bilan taniştiramiz:
46-49 kg.
Oltin: Joanis ARGILAGOS (Kuba)
Kumuş: Hasanboy DÖSMATOV (Özbekiston)
Bronza: Jömart Yerjan (Qozoğiston)
Bronza: Yuberxen Martines (Kolumbiya)
52 kg.
Oltin: Yosbani VeITIA (Kuba)
Kumuş: Jasurbek LATIPOV (Özbekiston)
Bronza: Timur Galanov (Rossiya)
Bronza: Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)











