Böstonliq tumani Ğazalkent şahrida yaşovçi 1978 yilda tuğilgan N.X. 19 avgust kuni soat 19.00 larda, Ğazalkent şahri Miskin köçasida ketayotgan vaqtida noma'lum şaxs uni qölidagi narxi taxminan 175.000 söm bölgan 1 dona “Samsung” rusumli uyali aloqa telefoni va 25.000 söm pullarini tortib olib ketadi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar bergan.

Olib borilgan tezkor çora tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Amudaryo tumanida yaşovçi 1987 yilda tuğilgan Q.B. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi. 

Uşbu holat yuzasidan unga nisbatan talonçilik jinoyatini sodir etganligi uçun jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormokda.