Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom madaniyati markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Şavkat Mirziyoyev 1 sentabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bölib, mazkur markaz loyihasi bilan tanişdi.
Aytiş joizki, yurtimizda muqaddas dinimizni, ulamolarimizning boy merosini örganiş, tarixiy obidalarni asrab-avaylaşga alohida e'tibor qaratilmoqda, yangi ma'naviyat maskanlari taşkil etilmoqda, ziyoratgohlar va boşqa qadamjolarda quriliş-ta'mirlaş işlari bajarilmoqda. Bu kabi xayrli işlar yurtdoşlarimiz va xalqaro jamoatçilik tomonidan keng qöllab-quvvatlanmoqda.
Şularni inobatga olib, davlatimiz rahbari Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi, deb özgartiriş taklifini bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev markaz qurilişi böyiça taqdim qilingan loyihaga alohida e'tibor qaratdi:
«Bu markaz bizning islom dini tarğibotidagi yuzimiz böladi. Şunday ekan, uning taşqi körinişi, bu yerda işlatiladigan quriliş materiallariga ham e'tibor qaratiş lozim. Odatdagi, közimiz örganib qolgan loyihalardan voz keçib, yangi şakl va dizayn topişimiz kerak», — dedi davlatimiz rahbari.
«Dunyo hamjamiyatida bunday markaz, islom sivilizatsiyasi markazi yakkayu yagona böladi, xudo xohlasa. Şuning uçun biz bu markazning qurilişiga juda katta e'tibor qilayapmiz. Bu yerga kirib çiqqan insonning dunyoqaraşi özgaradi, ma'naviyati kamol topadi. Islom sivilizatsiyasi markazidan Islom enitsklopediyasi çiqaramiz. Özbek millatini yana bir marta tarannum qilamiz. Bular aslo kiçkina masalalar emas. Mana, bizning vatandoşimiz, Alişer Burhonoviç Usmonov bu borada biz bilan hamkorlik qilib, katta madad körsatmoqda. Vatandoşimizning şunday katta kömak körsatişi tarixda qoladi. Bunday bino albatta tarixda qolişi kerak», — dedi Prezident.









