Sizga oş sodasi, qahva, kartoşka, gazeta va qöl ostidagi boşqa vositalar yordam beradi, deya maslahat berdi Layfxaker.

Nima uçun muzlatgiçda hidlar paydo böladi?

Köpinça aynigan mahsulotlar tufayli. Şuning uçun ular töplanib qolmaganini tekşiring.

Ayrim hollarda bunga tölib qolgan drenaj teşigi sabab bölişi mumkin. Uni suv oqib tuşadigan idiş kabi vaqti-vaqti bilan tozalaş kerak.

Muzlatgiçdagi kirlangan rezinali mustahkamlagiç ham yoqimsiz hid çiqarişi mumkin.

Yodingizda bölsin: plastik hidlarni öziga tez singdiradi. Şuning uçun ularga qarşi kuraşni qança ortga sursangiz, ular şunçalik ötkirlaşadi.

Muzlatgiçdagi hidlardan  qanday xalos böliş mumkin?

Agar aynigan mahsulotlarni taşlab yuborgan, drenaj va mustahkamlagiçni tekşirgan bölsangiz-u, biroq hid saqlanib qolsa, dastlab muzlatgiçni yaxşilab yuving.

Buning uçun oş sodasi va sirka eritmasi mos keladi. 1-2 oş qoşiq soda yoki 2-3 oş qoşiq sirkani 1 l iliq suvda eriting va devor hamda tokçalarni yaxşilab arting. Limon şarbati bilan qöşimça tarzda işlov beriş mumkin.

Muzlatgiçlar uçun maxsus tozalaş vositalari ham yordam beradi. Ular kirlaniş, yoqimsiz hidni ketkazadi. Odatda sprey körinişida işlab çiqariladi. Ularni öramdagi yöriqnomaga qarab qöllang.

Agar tozalaşdan keyin ham muammo yöqolmasa, dökondagi va mustaqil tarzda tayyorlangan hidni öziga singdiruvçilar asqotadi.

Agar hid kuçli bölmasa, muzlatgiçni yuviş örniga, şuningdek, profilaktika sifatida ulardan foydalaniş mumkin.

Hidlarni öziga singdiruvçi

Kiçkina bankaça yoki saşeni muzlatgiçga öramda körsatilgan muddatgaça solib qöying.

Oş sodasi

U hidlarni a'lo darajada öziga singdiradi. Muzlatgiçga oçiq paçkani solib qöying yoki keng idişga sodani sepib qöying.