Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida röy berayotgan özgarişlar, qolaversa, milliy iqtisodiyot raqobatdoşligini yanada oşiriş zarurati mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oşiriş, institutsional va tarkibiy yangilanişlarni davom ettirişni taqozo etmoqda. Şu ma'noda davlat rahbari taşabbusi bilan işlab çiqilgan va qabul qilingan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi bu borada muhim qadam böldi, desak mubolağa bölmaydi, deydi ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Yakubov.

Mamlakatning keyingi beş yillik istiqboli aks etgan mazkur strategiyada belgilangan vazifalar bugun amaliyotda öz isbotini topmoqda. Ayniqsa uning iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş deb nomlangan uçinçi yönalişida körsatilgan çora-tadbirlarni röyobga çiqariş uçun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta'minlaş, valyutani tartibga solişning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş kabi ustuvor vazifalarga e'tibor qaratilgan. Şu ma'noda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmon aynan uşbu dolzarb vazifalarni hayotga tatbiq etişga xizmat qiladi, desak sira mubolağa bölmaydi.

Ma'lumki, xoh u qaror bölsin yoki farmon uning qabul qilinişi zamirida muhim hayotiy zarurat yotadi. Ta'kidlaş joizki, erkin konvertatsiyaning mavjud emasligi mamlakatda qulay işbilarmonlik muhitini yaratişga salbiy ta'sir körsatayotgan omillardan hisoblanardi. Qolaversa, bozor talablariga mos kelmaydigan valyuta siyosati eksportçilar faoliyatiga tösqinlik qilib, davlatning eksportga yönaltirilgan korxonalarni qöllab-quvvatlaş siyosatining samaradorligini ham birmunça pasaytirar edi. Xususan, partiya tomonidan ötkazilgan qator tadbirlarda tadbirkorlar uşbu oğriqli masalaga töxtalib,  valyuta muomalasiga haddan taşqari ma'muriy aralaşuv mavjudligi, buning oqibatida alohida tarmoqlar va xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun berilayotgan asosiy imtiyoz va preferensiyalarning kam samarali tizimi şakllanganini qayd etib kelişayotgan edi.

Buning natijasida mamlakatda biznes yuritiş borasida teng bölmagan şart-şaroitlar vujudga keldi, raqobat tamoyillarining buzilişi kabi holatlar kuzatildi. Bu xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, tovar va xizmatlar eksporti, umuman mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga öz ta'sirini körsatmasdan qolmadi, albatta.

Mazkur yönalişda közga taşlangan şu va boşqa kamçiliklar ilğor xorij tajribasini örgangan holda mamlakatimizda valyuta siyosatini qayta körib çiqiş va şu asosda sohani liberallaştirişni taqozo etdi.