AQŞ boşçiligidagi IŞIDga qarşi kuraşuvçi koalitsiyaga yangi qömondon tayinlandi. Bu lavozimga amerikalik general Pol Fank loyiq deb topildi. Bu haqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bungaça AQŞning quruqlikdagi qöşinlarining yirik birlaşmasiga qömondonlik qilgan Fank 2016 yil avgustdan beri koalitsiya operatsiyalariga qömondonlik qilgan general Stiven Taunsand örnini egallaydi.
AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya IŞIDga qarşi kuraş olib boradi hamda Iroq va Suriyani terrorçilarga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaydi.








