Ma’lumotlarga köra, zarbalar asosan husiylar pozitsiyalariga hamda ularga tegişli harbiy omborlarga berilmoqda.
Şaharda bir neçta kuçli portlaş yuz bergan, Sanoning markaziy qismida esa elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda, köpriklardan biriga zarar yetgan.
Koalitsiya mahalliy aholini ogoh bölişga va öz uylarini tark etmaslikka çaqirgan.
20 dekabrda ham xalqaro koalitsiya samolyotlari Sano xalqaro aeroporti hududiga bir neçta zarba bergan. Öşandan keyin aeroportda BMT va boşqa taşkilotlarning insonparvarlik yuklari qabul qilinişi töxtab qolgan. Zarbalar berilişidan oldin koalitsiya qömondonligi xalqaro insonparvarlik missiyalari va fuqaro xodimlardan aeroport hududini tark etişni talab qilgan.
Yamanda hukumat kuçlari va isyonçi husiylar örtasidagi ixtilof 2014 yil avgustdan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga köra, uning oqibatida mamlakat aholisining 80 foizga yaqini, ya’ni 24 mln kişi insonparvarlik yordamiga muhtojlik sezmoqda, 3 mlnga yaqin odam doimiy yaşaş joyini tark etişga majbur bölgan.








