“Bugun biz xalqaro koalitsiya bilan ötgan yil boşlangan muloqotning oxirgi raundini yakunladik. Biz koalitsiya kuçlari jangovar missiyasi yakunlangani va ular Iroqdan olib çiqilganini e'lon qilamiz”, deb ma'lum qilgan al-Arajiy Twitter’da. Şu bilan birga, xalqaro koalitsiya bilan aloqalar harbiylarni öqitiş va maslahat beriş borasida davom etadi.
Avvalroq Iroq qurolli kuçlari qömondonligi birlaşgan ştabi vakili Tahsin al-Xafajiy xorijiy kuçlarning katta qismi Iroqni tark etganini ma'lum qilgan.
Iroq parlamenti 2020 yil yanvarda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi “Al-Quds” maxsus bölimi qömondoni Qosim Sulaymoniy va iroqlik şia kuçlari boşliği örinbosari Abu Mahdi al-Muhandisning Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ harbiylari tomonidan öldirilganiga javoban xorijiy kuçlarning Iroqdan olib çiqilişiga ovoz bergan. Şundan keyin AQŞ boşçiligidagi koalitsiya iroqlik harbiylarga avval amerikalik harbiylar joylaşgan bir qator obektlarni, jumladan, bir neçta aviabaza va koalitsiya harbiy maslahatçilari boş qarorgohini topşirgan.








