Qatar körfaz qirğoqlarida qiymati 7,4 milliardga teng keluvçi yangi portini oçdi. Rasmiylarning sözlariga köra, bu mamlakat iqtisodiyotini qöşni arab davlatlari tomonidan qöllanayotgan sanksiyalardan himoyalaşga yordam beradi. Daily Sabah şu haqida xabar berdi.
Dohadan 40 kilometr narida joylaşgan Hamad porti Yaqin Şarqdagi eng yirik şunday obektlardan biri hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA iyun oyida Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan ekan, port 2022 yilda bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatining quriliş loyihalari uçun katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va quriliş materiallarini keltiriş imkonini beradi.
Uzoq Şarq va Janubiy Osiyodan keluvçi mahsulotlar töxtab qolsa, Qatar qamali loyihalarning keçikişi bilan boğliq xavotir uyğotadi.
Biroq rasmiylar Hamad porti Qatarga Dubay markazidan emas, Xitoy va Ummon kabi mamlakatlardan tovarlar importini amalga oşiriş yöli orqali sanksiyalarni çetlab ötiş imkonini berişini aytişdi.
"Port iqtisodiyotimizga yuk bölayotgan har qanday çeklovlarni bartaraf etadi. Biz umidimizni söndirmaymiz", - dedi Qatar transport vaziri Jassim bin Saif As-Sulaitiy.
Manbaga köra, port 26 kvadrat kilometrni qamrab oladi va yiliga 7,5 million konteynerli siğimga ega böladi.













