Rossiya ombudsmani Yana Lantratova va uning ukrainalik hamkasbi Dmitriy Lubinets bu haqda 29-oktabr oqşomida ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan.
Eʼlon qilingan rejaga köra, gumanitar karvon markaziy tuman şifoxonasiga yöl oladi. Şaharni tark etişni istaganlarga soat 14:00 gaça çiqib ketiş imkoniyati yaratilişi, gumanitar yordam tarqatiş esa 14:30 dan keyin boşlanişi aytilgan. Ombudsmanlar zarur xavfsizlik çoralari körilişini bildirgan.
Lubinetsning maʼlum qilişiça, Ukraina, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari gumanitar missiya doirasidagi keyingi harakatlarni muvofiqlaştiriş uçun töplangan. Uç mamlakat jurnalistlari ham missiyada iştirok etmoqda.
Lantratova jurnalistlar evakuatsiya qilingan Oleşki aholisi bilan bevosita suhbatlaşiş imkoniga ega bölişini aytgan.
Ikki ombudsman ham gumanitar kelişuvlarga erişişdagi şaxsiy iştiroki, vositaçiligi va muvofiqlaştiriş işlari uçun AQŞ birinçi xonimi Melaniya Trampga minnatdorlik bildirgan.
Aholini evakuatsiya qiliş bir neça kun davom etişi va 30-oktabrdan 1-noyabrgaça bölgan davrni qamrab olişi mumkin. Gumanitar missiya uçun 27-oktabr kuni Kiev vaqti bilan soat 03:00 da öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirgan. U 1-noyabr soat 22:59 gaça amal qilişi belgilangan.
AQŞ rasmiylari maʼlumotiga köra, mahalliy aholi Rossiyaga yoki Ukraina hukumati nazoratidagi hududlarga borişni özi tanlaşi mumkin.
Xerson viloyati harbiy maʼmuriyati odamlarni Rossiya qöşinlari nazoratidagi hududlar orqali olib çiqiş ehtimolini bildirgan. Fox News maʼlumotiga köra, evakuatsiya qilinganlarni dastlab Rossiyaning Anapa şahriga olib boriş rejalaştirilgan. U yerdan Ukrainaga qaytişni istaganlar samolyotda Belarusning Gomel şahriga yuborilişi közda tutilgan.
Oleşki - Xerson viloyatida, Dnipro daryosining Rossiya armiyasi bosib olgan çap sohilida joylaşgan şahar. Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanişidan oldin bu yerda qariyb 24 ming kişi yaşagan.
Hozir turli hisob-kitoblarga köra, şaharda 1 700–2 000 nafar aholi qolgan. Ular orasida kamida bir neça ön nafar bola ham bor.
2023-yil iyunida Kaxovka GESi vayron bölgaç, Oleşki deyarli butunlay suv ostida qolgan. Toşqin oqibatlari infratuzilma va içimlik suvi taʼminotida qöşimça muammolarni keltirib çiqargan.

















