Hamburgda bölib ötgan boks böyiça jahon çempionati yakunlariga köra, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA eng yaxşi boksçini aniqlaş böyiça rasmiy tvitterida sörovnoma ötkazdi.
Turnirning eng yaxşi boksçisi böliş uçun 4 nafar sportçi da'vogarlik qildi. Sörovnomada Xulio Sezar la Kruz (Kuba), Oleksandr Kijniak (Ukraina) va Sofiane Ouminiha (Fransiya) qatorida 69 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilib, terma jamoaga yagona oltin medalni keltirgan Şahram Ğiyosov ham da'vogarlik qilgandi.
Sörovnoma natijalariga köra, unda qatnaşgan muxlislarning yarmidan köpi Şahram Ğiyosovni turnirning eng yaxşi boksçisi deb topişgan. Sörovnomada mingga yaqin tvitter foydalanuvçisi iştirok etgan.









