
Taniqli tadbirkor, «Korzinka.uz» supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov erkin konvertatsiya mexanizmlari e'lon qilinganidan söng dastlabki xulosa va kuzatuvlar borasida mulohazalarini bildirib ötdi. Tadbirkor kurs tölaqonli bozor mexanizmlari asoslarida şakllanişiga, ya'ni banklar iştirokidagi valyuta birjasidagi har kunlik savdolar asosida belgilanişini ta'kidlagan.
«Markaziy bank haftasiga bir marta mamlakat hududida bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun rasmiy kursni belgilaydi. Bunda Markaziy bankning kursi ötgan haftadagi birja savdolari örtaçasi böladi. Jismoniy şaxslar naqd valyutasini valyuta ayirboşlaş şoxobçalarida naqd sömga sotişlari mumkin. Dollar esa konversion kartalarga sotiladi. Aytgança, konversion kartalardan juğrofiy çeklovlar olib taşlanmoqda, ya'ni Turkiyada, Xitoyda, BAA, qayerda işlatiş imkoni bölsa, öşa yerda foydalaniş mumkin. Konversion karta orqali internetda onlayn tölaş mumkin böladi.
Şuningdek, mobil aloqa operatorlari, provayderlar xizmatlariga tölovlar joriy yilning 4 sentabr kungi kurs (ya'ni devalvatsiya kunigaça) böyiça qat'iy belgilanadi. GM avtomobillari hamda «Özbekiston havo yöllari» çiptalari uçun narxlar devalvatsiyagaça bölgan kursda «muzlatib qöyildi». Bundan taşqari, «Havoşka»ning çiptalarni dollarga sotiş amaliyoti bekor qilindi. Mamlakat hududidagi xalqaro oliy ta'lim muassasalarida kontrakt tölovlari böyiça hamma narsa aniq emas. Masalan, INHA kontrakt tölovini devalvatsiyagaça bölgan kursda sömga töliq ötkazdi, boşqa OTMlar (Singapur, Vestminister) hali öylab körişayapti.
Bojxona tölovlari, Prezident Farmonida közda tutilganidek, import qilinadigan tovarlar narxlari keskin oşişiga yöl qöymaslik maqsadida bir hafta mobaynida qayta körib çiqiladi. 20 foizlik QQS stavkasi saqlanib turadigan bölsa, ayrim import qilinadigan tovarlar narxi baribir oşişi mumkin. Agar bu topşiriq aniq va samarali bajarilmasa, çet eldan xar xil «qora» va «soya» sxemalar orqali tovarlar olib keliş köpayadi. Bir tarafdan, bu davlat byudjyetiga tuşumlarga salbiy ta'sir körsatsa, boşqa tarafdan bu «qora bozor» uçun yangi «ölja» bölib xizmat qiladi, hamda u yerda valyutaga talabni orttiradi, sömga nomutanosib ta'sir körsatib, naqd pullarning bankdan taşqari aylanişini köpaytiradi. Bir söz bilan aytganda, yaxşilikka olib kelmaydi. Şunday qilib, barça turdagi import qilinadigan tovarlarga bojxona bojlari va tölovlarini imkon qadar tezroq tuşiriş lozim.
Yuridik şaxslar öz banklarida joriy narxlarda, boşiga 8000-8150 koridorida valyuta xarid qiladi.











