Keça, 20 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot bölib ötdi.
Anjumanda tadbirkor Zafar Hoşimov mahsulotlarning tannarxini arzonlaştiriş uçun nima qiliş kerakligi böyiça öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
“Tannarxni tuşiradigan narsa soliqdan yoki tölovlardan qoçiş emas. Tannarxni tuşiradigan narsa kengayiş, hajmni oşiriş. Soliqdan qoçadiganlar “ob’yom”ini köpaytira olmaydi, çunki parallel hisob qiliş kerak, uni aldaş kerak, buni berkitiş kerak. Özi özini girdobga olib kiradi.
Biz raqobatdan qörqmayapmiz. Mana, Toşkentga Fransiyaning Carrefour tarmoği, Qozoğistonning eng katta Magnum tarmoği kirdi, sindirib qöymadi. Çunki biz kengayganimiz hisobiga unumdorligimiz ustida işlay olamiz”, dedi Zafar Hoşimov.
Davlat rahbari ham har bir sohada tannarxni tuşiriş muhimligini, Özbekiston şaroitida barça tadbirkorlarda bu böyiça juda katta imkoniyat borligini ta’kidlab ötdi.
“Agar tannarx bilan yilma yil özingiz hisob-kitob qilsangiz, raqobatga bardoş bera olasizlar. Biz çegarani yopib qöysak, heç qaçon özgariş bölmaydi, valuta ham kelmaydi, barqarorlik ham bölmaydi. Men öylayman, Zafar, töğri masalani kötardingiz. Halol işlamagan tadbirkorlar bizning ham, sizlarning ham oyoqlaringizga kişan böladi. Mahsulotlaringiz raqobatbardoş bölmaydi, konvert kötarib yurilaverilsa. Qaçongaça böladi bu? Biz raqobatga tayyor, oçiq siyosat yurityapmiz”, – dedi prezident.













