Atlantika okeanida yuzaga kelgan “Irma” dovuli Fransiyaning dengiz orti hududlari Sen-Bartelemi va Sen-Marten orollariga yopirilişi oqibatida 6 kişi halok böldi. Bu haqda Gvadelupa viloyati prefektiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

“Biz 6 ta ölimni qayd qildik”, deb aytgan prefekt Erik Mer va bu hali yakuniy ma'lumotlar emasligini qöşimça qilgan.

Ma'lum qilinişiça, tabiiy ofat Sen-Marten oroli fransuz qismining 95 foizini vayron qilgan. 

Dovul oqibatida orollar elektr ta'minotisiz qolib ketgan. Toşqinlar vujudga kelgan, şamol uylarning tomini qöporib taşlagan.

Mutaxassislar fikriça, “Irma” yaqinda AQŞning Texas ştatiga yopirilgan va 2005 yildan beri eng vayronkor deb hisoblangan va kuçli toşqinlarga olib kelgan “Harvi” dovulidan ham kuçliroqdir.