"Irma" dovuli 10 sentabr, yakşanba kuni Florida qirğoqlariga yetib keldi, seşanba kuniga kelib esa tropik depressiyagaça zaiflaşdi. Şunday bölsa-da, tabiiy ofatdan körilgan zarar önlab milliard dollarga baholanmoqda. Dovul tufayli Floridada tabiiy ofat rejimi e'lon qilindi, Mayami markazi, ştatning janubiy tumanlari suv ostida qoldi. Floridada 6 milliondan ortiq kişining evakuatsiyasi haqida e'lon qilindi, 3 milliondan ziyod kişi esa elektr ta'minotisiz qoldi. Quyida Florida ştatining "Irma" dovulidan keyingi suratlaridan iborat fotojamlanma taqdim etiladi.



















