Kia kompaniyasi Cee’d modelining yangi avlodi prototipi — Proceed kontsept-karini namoyiş qildi. "Kommersant" şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.

Frankfurtdagi avtosalonda debyuti bölib ötadigan avtomobil markaning Yevropadagi dizayn bölimida işlab çiqilgan. Maşina Kia Stinger modeli uslubida işlangan va noyob kuzovi bilan ajralib turadi.
Lava Red rangiga böyalgan kontsept-kar ekstererida karbon elementlari bölib, u 20 dyuymli ğildirak disklariga ega böldi. Avtomobil egasi yaqinlaşganda mexanizmlar işga tuşadi, egasini qarşilab LED-çiroqlar yoqiladi.

Prototip kuzovining orqasida va radiator panjarasida GT nişonlari bor va bu kontsept-karning yangi avlod modelining "zaryadlangan" versiyasi ekaniga işora bölişi mumkin. Yangi avlod Kia cee'd avtomobillarining taqdimot sanasi hozirça noma'lum.
















