Amerikaning Apple korporatsiyasi 12 sentabr kuni taqdimoti bölişi kutilayotgan iPhone smartfonlarini yetkazib berişda taqçillikka dç kelişi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Naşrning qayd etişiça, korporatsiya şu yil yozida yangi smartfonlarni yiğişda kutilmagan qiyinçiliklarga duç kelgan. Şu munosabat bilan ularni işlab çiqiş 1 oyga keçiktirildi. Apple korporatsiyasi pudratçisi hisoblangan Foxconn kompaniyasi esa Xitoyning Çjençjou şahridagi zavodi quvvatini oşirişga majbur böldi.

Gazetaning yozişiça, bu körilgan çoralar yetarli bölmasligi ehtimol. Şu sababli yangi iPhone buyurtma qilgan mijozlar smartfonlarni olişda uzoqroq kutişlariga töğri kelişi mumkin.