Fazoni örganuvçi olimlar Quyoşda yana bir kuçli portlaşni qayd etişdi, deb xabar qilmoqda NASA sayti.
Aniqlik kiritilişiça, portlaş quvvati M8.1 ni taşkil etgan.
Ma'lumki, 6 sentabr kuni ham ikkita kuçli portlaş röy bergani haqida xabar berilgan edi. Uning ikkinçisi sönggi 12 yildagi eng kuçlisi bölgani ta'kidlangandi.
Öşa kungi hodisa Yerning kunduz böladigan qismida radioaloqa va GPS signallarini qabul qilişda bir soatlar mobaynida muammolar paydo bölişiga sabab bölgandi.
Quyoşdagi portlaşlar — yulduz yuzasidagi eng dahşatli hodisalar bölib, Quyoş plazmasiga joylangan magnit kuç liniyalarining özaro qisqa tutaşuvidan söng röy beradi.












