SAVOL: Işga bir kun sababsiz kelmasa rahbariyat hayfsan berişga haqqi bormi? Birinçi marotaba bölsa ogohlantiriş kerak emasmi?

JAVOB: Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan xodimga mehnat intizomini buzganligi uçun iş beruvçi quyidagi intizomiy jazo çoralari sifatida hayfsan qöllaşga haqli:

Mehnat kodeksining 182-moddasiga asosan Intizomiy jazo qöllanilişidan avval xodimdan yozma ravişda tuşuntiriş xati talab qilinişi lozim. Xodimning tuşuntiriş xati berişdan boş tortişi uning ilgari sodir qilgan nojöya xatti-harakati uçun jazo qöllaşga tösiq böla olmaydi.

Intizomiy jazoni qöllanişda sodir etilgan nojöya xatti-harakatning qay darajada oğir ekanligi, şu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi işi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Har bir nojöya xatti-harakat uçun faqat bitta intizomiy jazo qöllanişi mumkin.

Savolga huquqşunos Nafisa Usmonova javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.