Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A seriya. «Yuventus» yakka peshqadamga aylanib oldi
Italiya A seriyasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Yuventus» «Kevo»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar vakili Xetemay avtogoli bilan mezbonlarga ko‘maklashib yuborgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Gonsalo Iguain va Paulo Dibala tomonidan kiritilgan gollar turinliklarning yirik hisobda g‘alaba qozonishiga zamin yaratdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.
Italiya A seriyasi, 3-tur
Yuventus – Kevo 3:0 (1:0)
Gollar: Xetemay (17, avtogol), Iguain (58), Dibala (83).
Yuventus: Shchensni, Lixtshtayner, Benatiya, Rugani, Asamoa, Sturaro (Bernardeski, 76), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Dibala, 54), Iguain, Mandjukich (Bentankur, 83).
Kevo: Sorrentino, Kachchatore, Daynelli, Gamberini, Gobbi, Kastro, Radovanovich, Xetemay (Rigoni, 68), Birsa, Ingleze (Leris, 76), Puchcharelli (Pellisse, 66).
Ogohlantirishlar: Xetemay (22), Mandjukich (52), Matyuidi (79).
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024