Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya FeTO bilan boshqa davlatlar manfaati yo‘lida ham kurashmoqda
Foto: aa.com.tr
Turkiya turk muxolifatchisi Fathulla Gulenning terrorchilik oqimi (FeTO) bilan nafaqat o‘zining xavfsizligini, balki boshqa qardosh davlatlar xavfsizligini ta'minlash uchun ham kurashmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan birgalikda o‘tgan matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an Nazarboyevga bu masalada ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirgan. “Birgalikdagi say'-harakatlar evaziga Turkiya va Qozog‘iston milliy xavfsizligiga xavf soluvchi bu oqimni yo‘q qilishimiz mumkin. Kelgusida biz IShID, FeTO va “Al-Qoida”ga qarshi kurashda hamkorligimizni kuchaytiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an uchrashuv davomida Nazarboyevni “turk olamining oqsoqoli” deb atagan.
Uning aytishicha, uchrashuvda mintaqa va dunyodagi voqealar muhokama qilingan. “Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligida, bizning birdamlik eng yuqori cho‘qqisiga erishgan vaqtda biz ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga intilmoqdamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Matbuot anjumandan oldin Erdo‘g‘an va Nazarboyev tomondan Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida hamfikrlik memorandumlari imzolangan.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026