iOS 11'ning yakuniy versiyasi reliziga uç kun qolganda xakerlar tarmoqda «Golden Master» versiyasining dasturiy ta'minotiga havola taqdim etişdi. Bu versiya köp holatlarda 12 sentabr kuni namoyiş qilinadigan yakuniy versiyaga muvofiq kelmoqda. Şunga qaramay, uni hozirdanoq yuklab, örnatib oliş mumkin. Biryöla qanday yangiliklar borligidan voqif bölasiz, deyiladi Hi-Teç'da.
«Golden Master» nima?
«Golden Master» — kompaniya rasmiy reliz oldidan takomillaştirayotgan dasturiy ta'minotning yakuniy versiyasi. Agar unda qandaydir fatal xatolar aniqlanmasa, aynan u yangi rasmiy yakuniy versiya böladi. Barça mayda kamçiliklar kelgusi versiyalar va yangilanişlarda töğirlanadi. Yagona çeklov - dasturiy ta'minotni faqat iTunes orqali örnatiş mumkin. Buning uçun qurilmangiz uçun dasturiy ta'minotni yuklab oling va iTunes'da "Yangilaş" yoki "Qayta tiklaş"ni tanlang. Har ehtimolga qarşi qurilmani bekap qilişni unutmang.
Dasturiy ta'minotda qanday yangiliklar?
iOS 11'ning yakuniy versiyasida köp yangiliklar aniqlandi, gap aynan operatsion tizimning özi haqida emas, Apple'ning hali e'lon qilinmagan mahsulotlarida. Masalan, kompaniya yangi simsiz Air Pods quloqçinlarini, şuningdek LTE orqali qönğiroqlarni amalga oşira oluvçi uçinçi avlod Apple Watch soatlarini tayyorlayotgani ma'lum böldi. Bu gadjyetlar 12 sentabr kuni iPhone 8 bilan birga taqdim etilişi kutilmoqda.
iPhone 8'ga keladigan bölsak, dasturiy ta'minot tahlilidan keyin quyidagilar aniqlandi: yangi iPhone portretlar uçun yangi vspişka, True Tone displeyi va yuzdan taniy oluvçi Face ID tizimi bilan ta'minlanadi. Tizim foydalanuvçining qaçon qurilma ekraniga qaraşini aniqlab, uni öçirmaydi.












