Ayni paytda Özbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari tomonidan narkotik moddalar tarqatilişining oldini oliş, qöşni davlatlardan bunday «oğu»larning kirib keliş yöllariga töğanoq böliş borasida faol işlar olib borilmoqda.
Bu işda ayniqsa yil boşidan buyon bir neça narkoguruhlarni foş etgan milliy xavfsizlik xizmatining alohida örni bor.
Xususan, yaqinda narkotik moddalar bilan boğliq jinoyatlari uçun muqaddam sudlangan, biroq özining jinoiy ötmişidan töğri xulosa çiqarmagan Farğona viloyati Boğdod tumanida istiqomat qiluvçi 31 yoşli Avazjon Meliyevni qölga tuşiriş böyiça maxsus operatsiya muvaffaqiyatli yakun topdi. Olingan ma'lumotlarga köra, A.Meliyev yölovçi maşinada Toşkent viloyatining Bekobod tumanidan poytaxtga qarab yöl oladi. Uning yonidagi sumka közdan keçirilganida, 3,5 kg oğirlikdagi qoradori topiladi.
Suriştiruv çora-tadbirlari natijasida aniqlandiki, A.Meliyev uşbu yukni Toşkentgaça olib kelib, keyinçalik sotiş uçun Qöqon şahriga yetkazmoqçi bölgan.
Bundan taşqari, A.Meliyev Toşkent viloyatining Böka tumanida narkotik moddalar yaşirib qöyilgan yaşirin joyi borligini ma'lum qilgan. Tekşiriş natijasida aytilgan joydan yana narkotik modda — 2,8 kg.dan ortiq vazndagi qoradori topilgan.
Şunday qilib, MXX xodimlari tomonidan maxsus operatsiya mobaynida olingan narkotik moddalarning umumiy hajmi 6,3 kg.dan oşiqroqni taşkil etdi.
Yiğilgan materiallar asosida, MXXning Farğona viloyat bölimi tomonidan Avazjon Meliyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalariga köra jinoiy iş qözğatilgan.










