Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta taşkil etiladi. Bugun Özbekiston respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi» farmonini imzoladi.
Hujjatda Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini taşqi va içki tahdidlardan himoya qiliş tizimida alohida örin tutişi qayd etilgan. Şu bilan birgalikda, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvçi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta'minlaşning barça jihatlari yuklatilgani uşbu idoraning davlat organlari faoliyatining barça sohalariga asossiz aralaşuviga şart-şaroit yaratib bergani ta'kidlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmatining vorisi deb tan olinadi.
«Özbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati sifatida qayta taşkil etilsin.
Belgilansinki, Özbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi», deyilgan hujjat matnida.
Hujjatga köra, Davlat xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini taşqi va içki tahdidlardan himoya qiluvçi maxsus vakolatli organ sifatida belgilangan.













