Şuningdek mazkur postlarda jinoyatçilikka qarşi kuraş çoralari körilib, muayyan natijalarga erişilmoqda.
Joriy yilning 11 aprel kuni soat 18:45 da Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanidagi «Sangzor-15» blok postida «Samarqand – Jizzax» yönalişida harakatlanayotgan «Neksiya-3» avtomaşinasi töxtatildi va avtoulov yölovçilaridan biri şaxsiy tintuvdan ötkazildi.
Bunday yöl tutilişiga Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlarining tezkor kuzatuvi sabab böldi, deb yozadi Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.
Tintuv natijasida Şarof Raşidov tumani, «Oqtoşota» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi, 1967 yilda tuğilgan fuqaroning çöntagidan qora tusli giyohvand modda topildi. Ötkazilgan ekspertiza ayblanuvçidan olingan 4 ta polietilen paketlarga joylangan 51,31 gramm narkotik moddasining opiy ekanligini körsatdi.
Şu kuni «Neksiya-3» avtoulovining boşqa bir yölovçisi ham uşlangan. Şarof Raşidov tumanining «Sayxon» mahallasida istiqomat qiluvçi, 1965 yilda tuğilgan mazkur fuqaro ham jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Ya'ni, ayblanuvçilardan biri opiyni sotib olgan, boşqasi esa kiyimi içiga yaşirganligi taxmin etilayapti.
Holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Barça xavfli infeksiya tarqalişining oldini olişni burç deb bilayotgan bir vaqtda ayrimlarning qinğirliklardan özini tiya olmayotgani açinarlidir. Har kimning har dardi bor, deganlari şu bölsa kerak.











