Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati töğrisidagi hujjatga imzo çekkan.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, taşkilot nomi özgargan va Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan.

Uşbu hujjat qabul qilingani haqida yaqin vaqt içida rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti 2017 yilning 22 dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan Murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini tanqid qilgan va bu sohada olib boriladigan bölajak islohotlar haqida gapirgandi.

Bundan avvalroq, 2018 yilgi Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning taşqi va içki tahdidlardan kafolatli himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida qonun loyihasi işlab çiqilişi, loyihada davlatni içki va taşqi tahdidlardan himoya qiliş sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari, milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qiliş çoralari, sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanişi haqida xabar berilgandi.