Ikki haftaça davom etgan qizğin bahslardan söng, unda köp narsani faqat taxmin qiliş mumkin edi, albatta pul hokimiyati vakillarining avvalgi harakat yoki harakatsizliklaridan kelib çiqqan holda, endi köp narsa aniqlaşdi, oydinlaşdi va qandaydir xotirjamlik paydo böldi. Bu haqda ekspert Zohid Zokir feysbukdagi sahifasida yozadi.

1. Eng yomon xavotirlar, ya'ni «manfaatdor tomonlarga» yon bosilib, devalvatsiyani yetarli darajada radikal qilmasdan, barça xolis tomonlar uçun oğir va xatarli qilinişi mumkinligi örinsiz bölib çiqdi.

Yangi kursni «bozor» kursidan (tovarlarning joriy narxlari ma'nosida) sal baland kiritildi va şu bilan ham naqd valyuta ayirboşlaş bozori tinçlantirildi, ham tovarlar narxlarining asabiy öynaşi oldi olindi. Bunga köpçilik umid qilgandi, lekin juda kam odam işongandi, şuning uçun ham köpçilik uçun bu yaxşigina syurpriz böldi.

2. Boşqa xavotir taşkiliy işkallar borasida edi, lekin bu borada ham hozirça hammasi yoqimli syurpriz maromida ketmoqda: banklar bemalol valyuta almaştiriş operatsiyalarini boşlab yuborgani, hatto pasport ham talab qilinmasligi (katta summalardan taşqari), keyin şoxobçalarning hatto soat 22.00gaça (!) işlaşga ötişi — bular aşaddiy skeptiklarda ham optimizm uyğotdi, hatto biz bu sohada almisoqdan qolganimiz haqida piçing qilib yurganlarda ham.

3. Köpçilikda ba'zi texnik detallar savol tuğdirmoqda, masalan, banklar topşirilayotgan va yiğilib boradigan naqd valyuta kupyuralarini nima qilişadi, agar faqat kartoçkalarga valyuta berilsa, unda töyona, maşina va kvartiralarga qayerdan naqd valyuta oliş mumkin va hokazo. Javob Qarorda berilgan — davlat içki bozordagi pul aylanmasini dollarlaşişini yöqotişga kirişdi. Lekin bu borada ham ma'lum qadamlar ketma-ketligi talab qilinadi va bu işonç kreditini saqlab qoliş uçun juda muhimdir.

4. Birinçi qadam — naqd valyuta berişni boşlaşni çözib yubormaslikdir — valyuta kupyuralari yiğilib qolgandan söng bu banklar uçun tabiiy böladi. 90-yillarda bir bank rahbari mendan ombordagi naqd valyutani nima qilsa bölarkin deb söragandi, çunki foyda örniga nuqul katta xarajat keltirib çiqarmoqda (saqlaş, qöriqlaş, taşişga). Öşanda men jismoniy şaxslarga mikrokreditlar berişni taklif etgandim — qisqa muddatga va katta foizga, uy, maşina va tilla buyum garovi bilan — hammasini supurib ketişadi, kerakli minimumni qoldirsa yetadi. Keyinçalik xuddi şuni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (!) 2000-yillarda qilib, oyiga 4 foiz (yiliga 48 foiz!) mikrokreditlar beriş bilan bizning kiçik biznesni qöllab-quvvatladi (!?).