Kun.uz sayti orqali şu yilning 22 aprel kunida «Marğilonda aholini qiynagan bir devor voqeasi» sarlavhali maqola naşr etilgan edi.
Maqolada Marğilon şahridagi Al-Farğoniy köçasida istiqomat qiluvçi Abdulqosim Hasanov noqonuniy tarzda ikki köça örtasiga devor qurgani va bu devor mahallada yaşovçilar keyingi köçaga ötişi uçun tösqinlik qilayotgani aytib ötilgan edi. Bu masalada mahalla fuqarolari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Marğilon şahar xalq qabulxonasiga murojat qilgan. Muammolar yuzasidan şahar hokimligi, şahar prokurori, Marğilon şahar tumanlararo sudi sudyasi hamda şahar arxitektura va quriliş boşqarmasi boşliği fuqarolarning muammolarini tinglaşdi. Manzilning özida muammoga yeçim izlandi. Şahar hokimligining arizasiga köra, mazkur iş Marğilon tumanlararo sudida körib çiqildi va devor çindan ham noqonuniy tarzda qurilgani aniqlandi.
Marğilon şahri, Al-Farğoniy köçasida qurilgan noqonuniy devor buzilişi haqida tumanlararo sudining hukmi amalda qöllana boşlandi. Respublika boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda şahar arxitektura va quriliş boşqarmasi xodimlari tomonidan mazkur devor buzib taşlandi. Mahalla ahli keyingi köçaga bemalol ötişi uçun yöl oçildi.




«Keyingi köçadagi qöşnilarning oldiga ötiş uçun aylanma yöl bilan ikki kilometrlik masofani bosib ötişimizga töğri kelardi. Ana endi bemalol yuz metr yölni bosib qadrdon qöşnilar bilan körişişimiz mumkin. Aylanma yöl ham yöq. Töğri, devor buzilişini juda uzoq kutdik. Lekin buzildi. Şuning özi bizni xursand qiladi», - deydi köçada istiqomat qiluvçi Şuhratjon Xöjamberdiyev.

Mazkur devor buzilişida, fuqarolarga qulay şaroit yaratilişida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Marğilon şahar xalq qabulxonasining örni alohida deb ayta olamiz. Sababi, murojaat yuzasidan har bir mutasaddi qabulxonaga jalb etilib, daxldor idora va taşkilotlar muammoning yeçimini topişda bor kuç-ğayratlarini işga solişdi. Muammo yeçim topdi. Mahallaning muşkuli oson bölganidan xursandmiz. Jurnalist mavzuni kötardi, yeçim böy körsatdi.







