Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) etika böyiça komissiyasi Braziliya hukumatiga 2016 yilgi yozgi Öyinlar poytaxtini tanlaş böyiça ötkazilayotgan tergov haqidagi ma'lumotni taqdim etişni sörab murojaat qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Braziliya prokuraturasi mamlakat Milliy olimpiya qömitasi raisi (MOQ) va “Rio-2016” taşkiliy qömitasi rahbari Karlos Artur Nuzmanni Rio-de-Janeyro Öyinlar poytaxtiga aylanişi uçun 2 mln dollar miqdorida pora berganlikda gumonlamoqda. Nuzman korrupsiya böyiça iş yuzasidan körsatmalar berişdan boş tortdi, uning advokati esa MOQ rahbari ayblovni tan olmasligi haqida ma'lum qildi. Avvalroq Nuzmanning uyi va MOQ qarorgohida tintuvlar ötkazildi. Tergovçilarning matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, amaldorning XOQ a'zolarini sotib oliş holati böyiça aybini tasdiqlovçi dalillarni topişgan. Ularning fikriça, buning uçun Virgin orollari va Antigua hamda Barbudada joylaşgan hisob raqamlaridan foydalanilgan.

XOQ Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) prezidenti Lamin Diak Fransiya prokuraturasi uning öğli u 2016 yilgi Öyinlar poytaxtini aniqlaşda Rio-de-Janeyroga ovoz berişi uçun pora olganligiga doir dalillarni taqdim etgaç, Xalqaro olimpiya qömitasidagi faxriy a'zolikdan mahrum qilinganini tasdiqladi.