Lada Vesta modeli AVTOVAZ kompaniyasiga tegişli Lada Ijyevsk zavodida quriladi. Maşina şu kuzda sotuvga çiqariladi.
Ijyevskda Vesta’ning standart va “yöltanlamas” versiyalari Vesta SW va Vesta SW Cross işlab çiqariladi. “Yöltanlamas” versiyasi kengaytirilgan klirens va plastik osma detallar borligi bilan farqlanadi. Universalni seriyali işlab çiqarişga yuborişdan avval zavodda 79 ta yangi va modifikatsiyalangan kuzov detallarini ştampovkalaş özlaştirildi, payvandlaş, böyaş va yiğiş sexlari modernizatsiya qilindi.
Maşinaning ikkala versiyasi ham minus 40 gradusdan plyus 55 gradusgaça haroratda termokamerada iqlim tadqiqotlari sikllaridan ötdi. Kompaniyada aytilişiça, tekşiruvlar “yangi konstruksiyaning xavfsizligi va işonliligi yuqori ekanligini tasdiqladi”.
Maşina konstruksiyasiga 33 ta qöşimça detal kiritilgan bölib, ular kuzovning aylanişga mustahkamligini oşirişga va şu tariqa manyovrçanligi va vibro-akustik komfortini yaxşilaşga imkon berdi.
Vesta SW va Vesta SW Cross mos ravişda 1,6 va 1,8 litrli, 106 va 122 ot kuçiga ega benzin motorlari bilan jihozlanadi. Uzatmalar qutisi 5 poğonali mexanik va robot körinişda. Maşinaning komplektatsiyasiga köra undagi uskunalar röyxatiga orqa örindiqlar isitilişi, markaziy konsolda USB-port, klimat-kontrol, peşoyna isitgiçi, yomğir va yoruğlik datçiklari, kruiz-kontrol kirişi mumkin.

Maşinalar şu kuz sotuvga çiqariladi, biroq aniq sana va maşina narxi hali e'lon qilinmagan.












