Özbekiston futbol federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida ÖFFning yangi vitse-prezidentlari nomi ham e'lon qilindi. Bu safar prezidentga uç nafar vitse-prezident yordam berişi ma'lum böldi.

Unga köra, «Özbekiston temir yöllari» AJ rahbari, Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov Jumaniyozoviç, Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov Razzaqoviç va Özbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti rektori Şoakram Isroilov Xolmatoviç vitse prezidentlik lavozimiga tayinlandi.

Eslatib ötamiz, ÖFF prezidentligi uçun «Paxtakor» klubi vitse-prezidenti lavozimiga işlab kelgan Umid Ahmadjonov tayinlangandi.