11 sentabr kuni sutka davomida olib borilgan tezkor qidiruv-suriştiruv işlari natijasida bir qator jinoyat va hodisalar sababi aniqlanib, jinoyatlar issiq izidan oçildi. Qidiruvda bölgan, jinoyatlarda gumonlanib, ayb e'lon qilingan 3 nafar şaxs uşlanib, şahar va tuman vaqtinçalik saqlaş hibsxonalari va tergov idoralariga joylaştirildi. Bu haqda Samarqand şahar içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati Kun.uz naşriga xabar berdi.

Motoarra öğrisi uşlandi

11 sentabr kuni Samarqand şahar içki işlar boşqarmasiga Sattepo maskani köp qavatli yaşaş uylarini birida yaşovçi, tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi 40 yoşli fuqaro G.A. ariza bilan murojaat etdi. Şu kuni soat 19:30larda «Erkin savdo» majmuasida savdo qilib turgan vaqtida, noma'lum şaxslar tomonidan dökoni taşqarisida sotuvga quyilgan, bahosi 800 ming sömlik bir dona benzinda işlovçi motoarra (benzopila) öğirlanganini bildirgan. 

Şu zahotiyoq tuşgan ariza yuzasidan viloyat içki işlar boşqarmasi post-patrul xizmati bataloni xodimlari M.Boliyev, Ğ.Yoqubov va B.Jabborovlar tomonidan olib borgan operativ harakatlar natijasida öğrilik jinoyati tergov işi yuritilişiga qadar aniq iş manziliga ega bölmagan, mardikorçilik bilan şuğullanuvçi, şaharning Navoiy şohköçasida yaşovçi 43 yoşli M.B. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan «TeXA» nomli motorli arra aşyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- va 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatildi. 

Qarib «quyilmagan» giyohvand

Viloyat böylab ötkazilayotgan «Qoradori–2017» tadbiri davomida 11 sentabr kuni soat 11:30 larda Kattaqörğon tumani hududida jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga köra, «Alijon» MFYda yaşovçi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi, 50 yoşni qarşilagan A.T.ning yaşaş manzili közdan keçirilganda, uyning mehmonxonasidagi divan ostida höl holatdagi, oğirligi 14,78 gramm bölgan «kannabis» ösimligi borligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirilib olindi. Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. 

Qidiruvdagi jinoyatçilar uşlandi

Olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida Tayloq tumanida viloyat transportda jamoat xavfsizligi ta'minlaş bölimi tergovçi xodimlari tomonidan jinoyat işi buyiça qidiruvda bölgan, Tayloq tuman Vorsin mahallasida yaşovçi 35 yoşli N.U. Samarqand şahri «Aziz bozori» hududida uşlandi.