Moskvaning Zamoskvoretskiy sudida sobiq vazir Aleksey Ulyukayevning işi böyiça töqqizinçi guvoh söroq qilindi. Sobiq vazirning sobiq kotibasi Irina Dyutinaning aytişiça, Iqtisodiy taraqqiyot vaziri qölga olinadigan kuni «Rosneft» rahbari Igor Seçin suhbat taşabbuskori bölgan, deb xabar qilmoqda «Gazeta.Ru».

«Seçin qabulxonasidan qönğiroq böldi, kotib Ulyukayev Aleksey Valentinoviç bilan ulab berişni söradi», — degan kotiba. 

Şu bilan birga, Dyutina Seçin öşa kungaça sobiq vazirga telefon qilgan yoki qilmaganini eslay olmagan. 

«Menga ikki erkak kişining suhbatini eşittirişdi. Ulardan biri Ulyukayev Aleksey Valentinoviç edi, ikkinçisini — Seçin Igor Ivanoviç deb aytişdi», — deb qöşimça qilgan u.