Yaponiyaning Aspark kompaniyasi Germaniyaning Frankfurt şahrida bölib ötayotgan avtosalonda Owl nomli elektr giperkarni taqdim etdi. U dunyodagi eng tez avtomobil böldi, deb xabar qilmoqda Autonews.ru. 

Aspark muhandislari sönggi uç yilni uşbu elektrokar ustida işlaş bilan ötkazişdi.  Quvurli karkas avtomobil asosi bölib xizmat qiladi. Kuzov kompozit materiallardan yasalgan panellar bilan qoplangan. Bundan taşqari, magniydan yasalgan juda yengil disklarga ega bölgan. Uning balandligi bir metrdan baand emas. 

Elektr motor 1000 ot kuçidan ortiq quvvat bilan ta'minlay oladi. Tortiş kuçi barça ğildirakka barobar taqsimlanadi. Aspark Owl joyidan 100 km/soat tezlikka 2 soniyadan ham kamroq vaqt içida erişa oladi. Biroq, hozirça, uning eng yuqori tezligi ma'lum qilingani yöq. 

Elektr giperkarni işlab çiqiş muddati va boşqa tafsilotlariga yaqin orada oydinlik kiritiladi. Yaponlar, dastlab, trek avtomobil işlab çiqaradi. 

Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark