Yuqoriçirçiq tumanida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan A.A. mast holda özaro janjallaşib, qöşnisi, 1974 yilda tuğilgan T.B.ni uyi oldida çap kökrak sohasiga bir marotaba piçoq bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvçi oğir tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Tuman şifoxonasining ma'lumotnomasiga köra, T.B.ning olgan jarohati hayoti uçun xavfli bölgan oğir jarohati ekanligi aniqlanib, uşbu holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Gumonlanuvçi  uşlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.