Face ID yuzni farqlaş inqilobiy tizimiga ega iPhone X’ning taqdimot marosimidan uç kun ötdi, biroq u bilan boğliq gap-sözlar töxtayotgani yöq. Uning işidagi bir neça muhim tafsilotlar ma'lum böldi: aniqlanişiça, Face ID işga tuşiriş bosqiçida faqatgina bir yuzni tanib olişi mumkin. Eslatib ötamiz, Touch ID’ga bir neça barmoqlar izlarini kiritiş imkoniyati bor edi.
Tizim işlab çiquvçilarining tuşuntirişiça, qöldagi önta barmoqdan farqli ravişda, foydalanuvçi bir yuzga ega, hamda boşqa yuzlarni qöllab-quvvatlaş funksiyasi kerak emas. Şu bilan birga, iPhone’ning köplab foydalanuvçilari öz qurilmalarini oila a'zolari bilan bölişişni yoqtirişadi. Bu Touch ID uçun muammo emas, biroq Face ID’da imkonsizdir. Hozirça imkonsizdir, deb yozadi BGR.
Şuningdek, ma'lum bölişiça, Face ID tizimini vaqtinçalik öçirib qöyiş ham mumkin. Bu haqda “köp azob çekkan” Kreyg Federini foydalanuvçilardan biriga yöllagan maktubida yozdi. Bu, masalan, tizimdan smartfonni uçinçi şaxslar oçişga urinib körganida foydalaniş bilan boğliq vaziyatdan qoçiş uçun kerak.
Federinining maktubiga köra, agarda sizni, masalan, tunab ketişmoqçi bölsa yoki şaxsiy yozişmalaringizni kimdir öqişni istab qolsa, şunçaki «qurilmaning har ikki tomonidagi tugmaçalarni bosiş kerak hamda bu Face ID’ni vaqtinçalik öçirib qöyadi». Tizimni yana faollaştiriş uçun maxfiy sözni qayta kiritiş lozim.
E-mailed #CraigFederighi about #FaceID and actually got a response! pic.twitter.com/3Ytt1k6WvK
— Keith Krimbel (@KeithKrimbel) September 14, 2017
Avgust oyida iOS 11’da endilikda Touch ID’ni ta'minot tugmaçasiga beş marta tezlik bilan bosiş talab etilişi ma'lum bölgandi. Şundan söng barmoq izlarini farqlaş funksiyasi takroran yoqilişi uçun PIN-kodni kiritiş lozim. Xullas, agarda qurilmani saqlab qolmoqçi bölsangiz yoki undagi ma'lumotlarni sir ostida saqlaş niyatingiz bölsa – tugmaçalarni tez bosişga tayyorlaning.












