Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet taşkiloti xodimlarini maktabgaça va maktab ta’limi sohasidagi loyihalarga ovoz berişga majburlaş holatlari kuzatilayotganini tasdiqladi.
Bundan taşqari, vazirlik yirik mahallalar aholi soni yuqori bölgani sababli ovoz berişda ustunlikka ega böliş holatlarini aniqlagan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ovoz berişda tengsizlikka yöl qöymaslik, şuningdek, barça mahallalar aholisi uçun loyihalarni amalga oşirişda teng imkoniyatlar yaratiş maqsadida bir qança texnik va uslubiy yeçimlar işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.
Jumladan, Face ID yordamida identifikatsiya qiliş mexanizmi joriy etiladi. Bunda tasdiqlangan foydalanuvçilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglaştiriladi.
Köpaytiriş koeffitsiyentini joriy etiş amaliyoti körib çiqiladi. Bunda, kiçik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi taşabbusi bilan teng şaroitlarda raqobatlaşiş imkoniyati yaratilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, taşabbuslar uçun ovoz berişning şaffofligi va adolatliligini ta’minlaşga qaratilgan boşqa takliflar işlab çiqilyapti.
Ma’lumot uçun, “Taşabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz beriş jarayoni davom etmoqda. Hozirda jami 33 ming 600 loyiha uçun 10 milliondan ortiq ovoz berildi.
Birinçi mavsumda fuqarolar tomonidan 55 mingdan ortiq taşabbuslar bildirildi. Eng köp ovoz yiğib, ğolib çiqqan loyihalarni moliyalaştirişga 1,7 trillion söm pul ajratiladi.
Avvalroq, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi “Taşabbusli budjet” doirasida öqituvçilarni ovoz berişga majburlaş holatlari yuz berayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni örganişi ma’lum qilingandi.












