«Real» himoyaçisi Marseloga diskvalifikatsiya muddati bir öyinga qisqartirildi.
29 yoşli braziliyalik futbolçi Ispaniya çempionatining 3-turidan örin olgan «Levante»ga qarşi uçraşuvda (1:1) Jyefferson Lermaga nisbatan işlatgan qöpolligi uçun töğridan-töğri qizil kartoçka bilan siylangandi.
Uçraşuvning hakam yozgan qaydnomasida Marselo Lermani töpsiz holatida orqasidan kelib zarba berilgani körsatib ötilgan.
«Real» futbolçisining harakati qöpol harakat sifatida baholandi, ammo bu oğir jarohat yetkaziş uçun qilinmagani e'tirof etildi. Reglamentda bunday holat uçun 1-3 uçraşuvga çetlatilişi mumkin deya körsatib ötilgan.
Futbolçi La-ligasi tartib intizom qömitasi tomonidan 2 öyinga diskvalifikatsiya qilingandi, ammo madridliklar klubi apellyatsiya topşirdi, natijada muddat qisqartirildi.
Marselo endi Ispaniya çempionatining navbatdagi turida «Real Sosedad»ga qarşi öyinni ötkazib yuboradi, ammo keyingi turda «Betis»ga qarşi öyinda maydonga tuşişi mumkin.












