Monako adliya vaziri Filipp Narmino rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlyov va şveysariyalik art-diler Iv Buve örtasidagi sud işi borişiga ta'sir qilgan bölişi mumkinligi sababli iste'foga ketdi. Narminoning iste'fosini Monako şahzodasi  Alber II qabul qilgan, deb xabar bermoqda Le Point naşri.

“Menga nisbatan şaxsiy ayblovlar va sud idoralari tomondan ta'nalar ular tomonda adekvat bölişimga imkon bermaydi”, deb aytgan Narmino.

Narminoning tuşuntirişiça, u öz lavozimidan Monako odil sudlovi manfaatlari yölida ketgan. 

14 sentabrda Le Monde naşrida Narmino va Ribolovlyov döstona aloqalarda ekanligi haqida maqola çop etilgandi. Naşrning yozişiça, Ribolovlyov 2015 yil boşida Narmino va uning rafiqasini Şveytsariyaning Gştad qişloğidagi uyiga taklif qilgan.

Joriy yilda esa milliarder va unga şaxsiy kolleksiyasi uçun san'at asarlarini yetkazib bergan art-diler örtasida sud taftişi boşlangandi. Rossiyalik Buveni firibgarlikda ayblagan. Uning fikriça, art-diler sotayotgan suratlari narxini asossiz ravişda oşirib yuborgan. Bu esa milliarderning bir neça yuz million yevro yöqotişiga olib kelgan. Keyinroq şunday ayblovlarni art-dilerga tergovçilar ham qöyişgan. Buvega şuningdek pullarni yuviş aybi qöyilgan.

Ribolovlyov ayni vaqtda Forbes reytingida 7,3 mlrd dollar bilan 15-örinni egallamoqda. U “Uralkaliy” egalaridan biri va “Monako” futbol klubi raisi hisoblanadi.