Google kompaniyasi Lyft taksi buyurtmasi servisiga 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqçi, köp tahlilçilar uni Uber'ning raqibi deb hisoblaşadi. Bu haqida Bloomberg öz manbalariga asoslanib xabar berdi. 

Bugungi kunda Google va Lyft faol muzokaralar olib borişmoqda, ta'kidlanişiça, bu masala bilan şaxsan Alphabet rahbari va qidiruv tizimining hammuassislaridan biri Larri Peyj şuğullanmoqda.

Mutaxassislarning taxmin qilişlariça, Lyft moliyalaştiriş manbalariga ega bölgan taqdirda özining xalqaro ta'sirini kuçaytirmoqçi. Servis AQŞda keng tarqalgan, biroq qolgan mamlakatlarda Uber'dan ança orqada. 

TechCrunch naşriga köra, Lyft oxirgi marta yirik investitsiyalarni 2017 yilning aprelida jalb qilgan - öşanda kompaniya 600 million dollarni qölga kiritgan.

Alphabet xoldingi Uber'ning asosiy raqibiga birinçi marta qiziqiş bildirişi emas. 2017 yilning may oyida Waymo kompaniyasi (Alphabet'ning avtomobil bölimi) Lyft bilan haydovçisiz transportni işlab çiqariş sohasida hamkorlik qilişga kelişib olişdi. 

Kelişuv tafsilotlari oşkor qilinmadi, biroq mutaxassislar Waymo öz texnologiyalari evaziga Lyft'ning foydalanuvçilar bazasiga kiriş imkoniga ega böladi. Şu tariqa, Google'ning avtomobil bölimi öz taksi servisini noldan boşlaşiga töğri kelmaydi.