14.09.2017 yildagi ÖRQ-446-son Qonun bilan Soliq kodeksining 329 va 330-moddalariga qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Tuzatişlarga köra Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi hamda tegişli hududiy kengaşlar umumiy yurisdiksiya sudlari va iqtisodiy sudlarga davlat boji tölaşdan ozod etiladi.
 
Mazkur imtiyoz fuqarolarning özini özi boşqariş organlari manfaatlari közlangan da'volarga nisbatan tatbiq etiladi va davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor şaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga şikoyat berilganda amal qiladi.