Rasmiy Kiyev Donetsk oblasti hududida Rossiyada işlab çiqarilgan «Orlan-10» uçuvçisiz uçiş qurilmasi qulab tuşgani haqida ma'lum qildi. Donbassdan topilgan dron fotosi Aksilterror operatsiyasi matbuot markazining Facebook’dagi sahifasida joylaştirilgan.

ATO ştabida xabar qilinişiça, havo hujumidan mudofaa tizimlari dronni urib tuşirişga ulgurmagan, texnik nosozlik tufayli qurilmaning özi qulab tuşgan. Ukrainaliklarning aytişiça, Rossiyada işlab çiqilgan bu qurilma Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşayotganini anglatadi.

Ştab e'lon qilgan fotodagi yozuvlar rus tilida.

Ukraina harbiylari «Orlan-10» Donbassda razvedka va artilleriya zarbasini töğri yönaltiriş uçun qöllanişini ta'kidlaşmoqda.