Joriy yilning 18 sentabr kuni Milliy matbuot markazida “Tibbiy patronaj: aniq hudud, aniq muddat va aniq şaxsga qaratilgan xizmat” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddi xodimlari, boşqarma boşliqlari, ixtisoslaştirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, respublika darajasidagi davolaş-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda jurnalistlar iştirok etdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi axborot  xizmatining KUN.UZ’ga ma'lum qilişiça, tadbir davomida vazirlik tizimida tibbiyotning birlamçi böğinini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar, tibbiy patronaj xizmati bilan aholini qamrab oliş yönalişlari, olib borilgan sa'y-harakatlar natijasi va istiqbol rejalar xususida batafsil ma'lumot berildi.   

Patronaj xizmati homiladorlar, gödaklar, yoş oilalar, keksalar, yangi farzand körgan ayollar va parvarişga muhtoj yolğiz qariya, nogiron hamda özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga uy şaroitida tibbiy xizmat körsatiş tizimidir. Demak, bu soha butun mamlakat aholisi salomatligiga javobgar yönaliş. Şu ma'noda, patronaj xizmati rivojidan, avvalo, onalar va bolalar soğliğini mustahkamlaş, ularni töliq patronaj tizimi bilan qamrab oliş, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarzini, jumladan, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişni tarğib etiş kabi maqsadlar közda tutilgan. 

Anjumanda alohida qayd etilganidek, Prezident Şavkat Mirziyoyev Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida soğliqni saqlaş sohasini yanada isloh etiş, eng avvalo, uning birlamçi böğinidagi bölinmalari va qişloq vraçlik punktlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş yuzasidan çora-tadbirlar kompleksini amalga oşiriş davlatning e'tibor markazida bölişini alohida ta'kidlagan edi. Uşbu ezgu maqsad mamlakat rahbari boşçiligida soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan bölgan uçraşuvlarda ham alohida qayd etildi. Darhaqiqat, birlamçi tibbiy böğinga davlat miqyosida qaratilayotgan e'tibor uşbu tizimda faoliyat yuritayotgan har bir tibbiyot xodimi zimmasida ulkan mas'uliyat borligini körsatmoqda. Demak, birlamçi tibbiy-sanitariya xizmati işini ana şu mezonlar asosida, xalqimizning talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda taşkil etiş bugungi kun talabidir. Şu maqsadda, aholiga eng yaqin tibbiy böğinda qator islohotlar olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yilning 29 martida qabul qilingan PQ-2857-sonli qarori bu boradagi vazifalarni amalga oşirişda muhim dasturilamal hujjat vazifasini ötamoqda. Qaror birlamçi tibbiyot muassasalari joylaşuvini oqilona taşkil etiş, ularda körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxşilaş, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yaşaş punktlarida kasallaniş darajasini pasaytiriş, profilaktika işlarini yanada yaxşilaşga qaratilgan. Hujjat ijrosi doirasida 793 ta qişloq vraçlik punkti negizida qişloq oilaviy poliklinikalari, 441 ta tez tibbiy yordam şoxobçasi taşkil etildi. Faoliyati tugatilgan 658 ta QVP binolarini QVP va poliklinika şifokorlari uçun xizmat uy-joyi sifatida foydalanişga berilmoqda. QVPlar, oilaviy va köp tarmoqli poliklinikalarda xizmat körsatiş vaqtini soat 08:00 dan 20:00 gaça uzaytiriş hisobiga aholi uçun birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalaniş imkoniyati kengaytirilmoqda.