Madridning «Real» klubi himoyaçisi Daniel Karvaxal irqçilikda ayblanmoqda. Bu haqda Football Espana naşri Mundo Deportivo manbasiga tayanib xabar tarqatgan.
Manba bergan xabarga köra, uşbu vaziyat madridliklarning «Levante»ga qarşi 3-tur uçraşuvi (1:1) vaqtida sodir bölgan. Uçraşuvning 66-daqiqasida Karvaxal «Levante» yarimhimoyaçisi Xefferson Lermaga nisbatan juda qöpol harakat qilgan, şundan söng futbolçini maymun deya haqorat qilgan. Uçraşuv boş hakami Alexandro Xose Ernandes Ernandes Karvaxalning bu gaplarini eşitmay qolgan, lekin unga qöpol öyini uçun ogohlantiriş körsatgan. Şundan keyin Lerma yana diqqat-eʼtibor markaziga tuşgan. 89-daqiqasida aynan unga nisbatan işlatilgan qöpollik natijasida Marselo qizil kartoçka olib maydonni tark etgandi.
Uşbu vaziyat hakam qaydnomasida yozilmagani uçun, La Liga mazkur vaziyat yuzasidan öz ixtiyoriga maxsus tekşiruv ötkazmoqçi.











