Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentabrdagi «Valyuta bozorini liberallaştiriş şaroitlarida iqtisodiyotning bazaviy sohalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning birinçi navbatdagi çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3253 sonli qarori e'lon qilindi. Norma.uz eksperti Oleg Zamanovning uşbu qarorga şarhi e'lon qilindi.

Birinçidan, Özbekiston Respublikasi tiklaniş va taraqqiyot Fondi kreditlari böyiça «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekenergo» AJ va «Özkimyosanoat» AJning 1.09.2017 yildan 31.12.2018 yilgaça bölgan davrda söndirilişi lozim bölgan majburiyatlari restrukturizatsiya qilindi. 1 sentabr holatiga asosiy qarzni söndiriş, foiz tölovlarini tölaş va muddati ötgan qarzdorlik 4 yilga keçiktiriladi.

Ikkinçidan, «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekenergo» AJ, «Özagrokimyohimoya» AJ, «Özkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvçi korxonalarning 1.07.2017 holatiga undirilişi umidsiz debitor va kreditor qarzdorliklari hisobdan çiqariladi. Şuningdek, 2016 yilda tugatilgan fermer xöjaliklarining xizmat körsatuvçi sohalar oldidagi qarzdorliklari qoldiği ham hisobdan çiqariladi.

Uçinçidan, 2016–2018 yillar yakunlari böyiça «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekenergo» AJ, «Özbekkömir» AJ, «Özkimyosanoat» AJ va ularning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar tomonidan davlat uluşi böyiça dividentlar Özbekiston investitsion dasturiga kiritilgan investitsion loyihalarni moliyalaştirişga maqsadli yönaltirişga kapitalizatsiya, şuningdek, investitsiya maqsadlariga jalb qilingan kredit va qarzlarni söndirişga işlatiladi.

Törtinçidan, 10.09.2017 yildan boşlab, butun mamlakat böylab aholi uçun suyultirilgan gaz sotişning yagona narxi örnatiladi. 1.10.1994 yildan buyon aholiga suyultirilgan gaz şartnoma (erkin) narxlarda sotilib kelinayotgan edi.

Beşinçidan, qayta işlovçi korxonalarga yetkazib beriluvçi, qazib oluvçi korxonalarning rentabellik darajasiga yetişini ta'minlovçi uglevodorod xomaşyosining tariflari miqdori 5 foizdan kam bölmagan miqdorda örnatiladi.

Bundan taşqari, joriy yilning 1 oktabridan e'tiboran:

neft mahsulotlariga hisoblangan aksiz soliqlari summasi 1.01.2020 yilgaça «Özneftmahsulot» AJ neftni qayta işlaş zavodlari tasarrufida qoladi va uglevodorod xomaşyosi importini moliyalaştiriş va şu maqsadda jalb qilingan kreditlarga xizmat körsatiş, şuningdek, milliy valyuta ayriboşlaş kursining özgarişi munosabati bilan  manfiy kurs farqini qoplaş uçun mablağlar maqsadli ravişda yönaltiriladi;